Asosiy matnga o'tish
O'zbekcha

Python dasturchilari uchun

Algorizm Pythonga juda yaqin. Pythonni bilsangiz, Algorizm kodini darhol o'qiy olasiz, qolganini esa shu sahifa aytib beradi.

Bitta dastur ikki tilda

Algorizmda:

sinf Hayvon:
    funksiya yarat(ism, ovoz):
        bu.ism = ism
        bu.ovoz = ovoz

    funksiya gapir():
        chiqar(f"{bu.ism}: {bu.ovoz}!")

sinf Mushuk(Hayvon):
    funksiya yarat(ism):
        ota.yarat(ism, "Miyov")

har hayvon ichida [Hayvon("Olapar", "Vov"), Mushuk("Momiq")]:
    hayvon.gapir()
Natija
Olapar: Vov!
Momiq: Miyov!

Pythonda:

class Hayvon:
    def __init__(self, ism, ovoz):
        self.ism = ism
        self.ovoz = ovoz

    def gapir(self):
        print(f"{self.ism}: {self.ovoz}!")

class Mushuk(Hayvon):
    def __init__(self, ism):
        super().__init__(ism, "Miyov")

for hayvon in [Hayvon("Olapar", "Vov"), Mushuk("Momiq")]:
    hayvon.gapir()

Nimalar bir xil

  • Bloklar ikki nuqta va chekinish bilan belgilanadi.
  • O'zgaruvchilarni e'lon qilish kerak emas, tur esa qiymatning o'zida bo'ladi.
  • Ro'yxat, lug'at, to'plam va kortejlar xuddi shu qavslar bilan yoziladi, indeks va kesimlar ham bir xil ishlaydi.
  • f-matnlar, +=, ajratib olish (a, b = b, a), standart qiymatlar va nomlangan argumentlar, yopilmalar va generatorlar.
  • / har doim kasr son beradi, // pastga yaxlitlaydi, % esa bo'luvchining ishorasini oladi.
  • Ko'rinish sohasi: funksiya ichida qiymat berilgan nom shu funksiyaning mahalliy nomi bo'ladi.
  • Lug'atlar kiritilgan tartibni saqlaydi.

Nomlar

Kalit so'zlar Kalit so'zlar va amallar sahifasida keltirilgan, Ichki funksiyalar sahifasida esa har bir ichki funksiyaning yonida Pythondagi muqobili yozilgan. Eng ko'p ishlatiladiganlari:

Python Algorizm Python Algorizm
print chiqar len uzunlik
input kirit range oraliq
int butun float kasr
str matn bool mantiqiy
list ro'yxat dict lug'at
set to'plam tuple kortej
sorted saralangan enumerate raqamla
zip juftla map qo'lla
max eng_katta min eng_kichik
sum yig'indi type tur
.append .qo'sh .pop .o'chir
.upper .katta .lower .kichik
.split .ajrat .join .birlashtir
.strip .qirq .replace .almashtir
.keys .kalitlar .items .juftlar

Nimalar farq qiladi

  • bu parametr emas. Usullarda self yozilmaydi; bu doim tayyor turadi. Konstruktor — yarat usuli, ota.usul(...) esa ota sinf usulini chaqiradi.
  • global nonlocal ning ishini ham bajaradi. U modul yoki tashqi funksiya o'zgaruvchisini e'lon qiladi.
  • Standart qiymatlar har chaqiruvda hisoblanadi, funksiya e'lon qilinganda bir marta emas. Shuning uchun r=[] kabi standart qiymat har safar yangi ro'yxat bo'ladi, standart qiymatda esa oldingi parametrlardan foydalanish mumkin.
  • funksiya(x): ifoda — lambda. Unda nomli funksiyadagi kalit so'zning o'zi ishlatiladi.
  • Istalgan narsani tashlash mumkin. tashla har qanday qiymatni qabul qiladi, ushla xato esa har qanday xatoni ushlaydi; istisno sinflari ham, finally ham yo'q. Ichki xatolar matn ko'rinishida keladi.
  • birlashtir ro'yxatga tegishli: ["a", "b"].birlashtir(", "), Pythonda esa ", ".join(...) deb yoziladi.
  • indeks va top -1 qaytaradi: hech narsa topilmaganda ular xato tashlamaydi.
  • raqamla, juftla, qo'lla va filtrla ro'yxat qaytaradi, «dangasa» obyekt emas; ularning juftlari esa ikki elementli ro'yxatlardir.
  • yaxlitla yarimlarni noldan uzoqlashadigan tomonga yaxlitlaydi: yaxlitla(2.5) — 3.
  • Butun sonlar 64 bitli. Sig'magan natija katta songa aylanmaydi, xato beradi.
  • Sinf tanasida faqat usullar bo'ladi. xossa funksiya @property o'rnida, statik funksiya esa @staticmethod o'rnida ishlatiladi.
  • Modullar butunligicha ulanadi: import nom bor, lekin from … import ham, as ham yo'q.
  • Apostrof nomning bir qismi bo'lishi mumkin: yo'l, qo'sh.

0.1 versiyada yo'q

  • Ro'yxat ifodalari (list comprehension) va generator ifodalari
  • Bitta ifodadan uzun nomsiz funksiyalar
  • Ichki funksiyalar uchun nomlangan argumentlar, *args va **kwargs
  • Zanjirli taqqoslash (a < b < c); o'rniga a < b va b < c deb yoziladi
  • f-matn ichidagi format qoidalari ({x:.2f}); o'rniga {formatla(x, '.2f')} deb yoziladi
  • Qadamli kesimlar (r[::2])
  • with, finally, match, dekoratorlar, async
  • Amallarni qayta aniqlash va obyektlarning o'z matn ko'rinishi
  • classmethod va xossaga qiymat berish (setter)
  • O'zgaruvchan baytlar (bytearray) va b"..." yozuvi
  • Kompleks sonlar, katta butun sonlar, o'n oltilik yozuvdagi sonlar
  • Katta faylni bo'lak-bo'lak o'qish va tarmoq bilan ishlash
  • Lotin, Latin-1 va kirill harflaridan boshqa harflar uchun katta-kichik harfga o'tkazish